Jahon | 10:30 / 06.04.2018
12718
1 daqiqa o‘qiladi

CBS Films «Putinning Amerikaga qarshi urushi to‘g‘risidagi» kitobga huquqni qo‘lga kiritdi

Foto: hollywoodreporter

CBS Films kompaniyasi amerikalik ikki jurnalist Maykl Izikoff va Devid Kornning «Rus ruletkasi: Putinning Amerikaga qarshi urushi va Donald Trampning saylanishi to‘g‘risidagi voqea» kitobiga huquqlarni sotib oldi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kelishuv Ross Yoon agentligi nomidan Hotchkiss & Associates kompaniyasi tomonidan muvofiqlashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, Nik Ueksler «Rus ruletkasi» asosida yaratiladigan CBS loyihasida prodyuserga aylanadi. Kitob mualliflari ham ushbu loyihada ishtirok etadi.

Mavzuga oid