Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makgregor hibsga olindi

Foto: Steve Marcus/Getty Images
Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor Nyu-York politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. Bu u ichida tashkilot jangchilari bo‘lgan avtobusga hujum qilgani tufayli ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda «Sovetskiy sport».
Ta'kidlanishicha, yaqin vaqt ichida sportchilarga ayblovlar qo‘yiladi.
5 aprel kuni sobiq chempion Makgregor Nyu-Yorkdagi «Barklayz-markaz» arenasida tartibsizlik keltirib chiqardi. Bu yerda Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) jangchilarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgandi. Konor ichida bir necha sportchilar bo‘lgan avtobuslardan biriga hujum qildi. Ta'kidlanishicha, avtobusda o‘sha payt rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov ham bo‘lgan. Shuningdek, hujumda rossiyalik Artyom Lobov ham qatnashgan.
Mavzuga oid

08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi

18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi

00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi

18:33 / 15.08.2024