American Airlines Boeing bilan 47ta samolyot bo‘yicha kelishuvga erishdi

Foto: CNN
American Airlines aviakompaniyasi Boeing korporatsiyasi bilan 47ta yangi Boeing 787 Dreamliner samolyotini yetkazib berish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda CNN telekanali aviakompaniya bayonotiga asosan xabar qilmoqda.
Airbus kompaniyasidan 22ta Airbus A350 samolyotini xarid qilish bo‘yicha buyurtma “o‘z parkini yengillashtirish” maqsadida bekor qilindi. American Airlines’dan qo‘shimcha qilishlaricha, kompaniya hozirgi paytda o‘ttizga yaqin Boeing 787 Dreamliner samolyotiga ega.
Kanal ma'lumotlariga ko‘ra, bitim qiymati 12 mlrd dollarga yetishi mumkin, biroq hozircha har ikki kompaniya ham xarid borasidagi yangi kelishuv moliyaviy shartlarini ochiqlashdan bosh tortdi. Shu bilan birga, kelishuvda aviakompaniya tomonidan yana Dreamliner turidagi 28ta avialaynerni xarid qilish imkoniyati nazarda tutilgan.
Mavzuga oid

17:41
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

19:24 / 16.04.2025
Rossiya AQShdan muzlatilgan aktivlari hisobidan Boeing samolyotlarini sotishni so‘radi - Bloomberg

16:53 / 11.04.2025