Suriyaga 100dan ortiq raketa uchirildi – Rossiya

Foto: AP Photo/Hassan Ammar
AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriya hududiga qarata 100dan ortiq qanotli raketa va «havo-yer» sinfidagi raketalarni uchirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi, deb yozmoqda RIA «Novosti».
«Suriya Arab Respublikasining harbiy va fuqarolik obektlariga AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya havo kuchlari va dengiz tashuvchilari tomonidan 100tadan ortiq qanotli raketalar va «havo-yer» sinfidagi raketalar uchirildi», - deya aytib o‘tishgan mahkamadan.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, zarbalar AQSh HDKning Qizil dengizda joylashgan ikkita kemasidan, O‘rta Yer dengiz suvlari uzra taktik aviatsiyadan, shuningdek, AQShning B-1B strategik bombardimonchilari tomonidan At-Tanf tumanidan berilgan.
Xabarda ta'kidlanishicha, raketalarning aksariyati Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlari obektlariga yaqinlashib kelganida urib tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya hukumati AQSh, Britaniya va Fransiya raketa zarbalari nishoniga aylangan harbiy obektlarni avvaldan evakuatsiya qilishga ulgurgani, bu haqdagi ogohlantiruv Rossiya tomonidan berilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025