«Vahshiylik!» - Ramzon Qodirov Suriyaga berilgan zarbalardan darg‘azab

Foto: vk.com/ramzan
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriyaga zarbasini vahshiylik deb atadi. U bu haqda Telegram-kanalida yozgan.
"Mustaqil davlatga berilgan, BMT bilan muvofiqlashtirilmagan raketa-bomba zarbasi harbiy jinoyat va vahshiylik sanaladi", - deya yozdi u .
Qodirovning ta'kidlashicha, AQSh va uning ittifoqchilari BMT sanksiyalariga ega bo‘lmagan hamda barcha xalqaro normalarni qo‘pol tarzda buzdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu BMTning to‘laqonli a'zosi hisoblangan suveren Suriyaga qarshi harbiy tajovuzkorlik. Hujum uchun yolg‘on bahona sabab bo‘ldi – Suriyaning Duma shahrida go‘yoki kimyoviy qurolning qo‘llanilishi, deya ta'kidlab o‘tdi Checheniston rahbari.
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu harakatlarni qoralab chiqdi... Bizning yetakchi, RF Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni tarix barchasiga baho berishini qayd etmoqda, hamda u hozirning o‘zida Vashingtonga Yugoslaviya, Iroq, Liviyadagi qonli harakatlar uchun og‘ir mas'uliyat yukladi", - deya yozdi Qodirov.
Mavzuga oid

20:28 / 24.04.2025
Britaniya Suriya vazirliklari va razvedka xizmatlariga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi

13:25 / 18.04.2025
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti

17:47 / 17.04.2025