Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston mojarosi: yuzdan ortiq namoyishchilar qo‘lga olindi

Foto: Sputnik Armeniya
Armaniston politsiyasi payshanba kuni Yerevan markazida 106 namoyishchini qo‘lga oldi. Bu haqda TASS politsiya matbuot kotibi Ashot Agaronyanga asosan xabar bermoqda.
"Soat 13:30 (Toshkent vaqti bilan soat 14:30)da Yerevan politsiyasi bo‘linmalarida 106 nafar shaxs saqlanmoqda. Agarda ular uch soatdan keyin qo‘yib yuborilmasa, demak, ular huquqbuzarliklarda gumonlanmoqda", - deya ta'kidlab o‘tdi Agaronyan.
Yerevan va Armanistonning boshqa shaharlarida ommaviy mitinglar dushanba kuni, mamlakat sobiq prezidenti Serj Sargsyanning nomzodi bosh vazir lavozimiga ilgari surilgani tufayli boshlandi. Muxolifat bunga qarshi chiqdi. Politsiya o‘nlab namoyishchilarni qo‘lga oldi, ularning aksariyati keyinchalik qo‘yib yuborildi. Seshanba kuni Armaniston parlamenti Sargsyanni bosh vazir etib sayladi.
“Fuqarolik shartnomasi” muxolif partiya yetakchisi, parlament deputati Nikol Pashinyan Armanistonda “baxmal inqilobi” boshlangani haqida ma'lum qildi. Uning maqsadi – mamlakatda hokimiyatni o‘zgartirish. Pashinyan o‘zining barcha tarafdorlarini bo‘yin egmaslik bo‘yicha tinch aksiyalarni o‘tkazishga chaqirdi.
Mavzuga oid

12:15 / 24.07.2025
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash agentliklari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha namoyishlar davom etmoqda

08:00 / 24.07.2025
Internetdagi qidiruv uchun jarima: Duma yaqinida namoyishchilar ushlandi

09:54 / 23.07.2025
Yerevan Boku bilan YeXHT Minsk guruhini tarqatib yuborish shartini muhokama qilmoqda

20:28 / 19.07.2025