Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Yerevanda namoyishlar davom etmoqda
Armanistonda namoyishlarning yettinchi kuni davom etmoqda. Namoyishchilar sobiq prezident, mamlakatni 10 yil boshqargan Serj Sargsyan lavozimdan ketishdan oldin respublikani parlamentar boshqaruv tizimiga o‘tkazib, endi bosh vazir bo‘lib olganidan norozi va u o‘z o‘rnini tark etishini talab etishmoqda. Muxolifat Sargsyanni uzurpatorlikda ayblamoqda va mamlakatda «Baxmal inqilobi» e'lon qilgan.
13 aprel kunidan buyon Yerevanda davom etayotgan namoyishlar 16-17 aprel kunlaridan kuchaydi. Shu kunlarda Sargsyan nomzodi bosh vazirlik uchun ilgari surildi va parlament uni bosh vazir etib sayladi.
Ayni vaqtga kelib politsiya bilan to‘qnashuvlardan keyin qo‘lga olingan namoyishchilar soni 200 nafardan oshgan.
Ko‘chalarga asosan yoshlar chiqmoqda, poytaxtdagi universitetlar va institutlarga talabalar borishmayapti.









Mavzuga oid

09:54 / 23.07.2025
Yerevan Boku bilan YeXHT Minsk guruhini tarqatib yuborish shartini muhokama qilmoqda

20:28 / 19.07.2025
Turkiy birlik darvozasi – Zangezur koridori atrofida nimalar bo‘lmoqda?

13:05 / 17.07.2025
Armaniston ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

08:49 / 16.07.2025