Yosh qiz vannaga tushib ketgan telefon tufayli halok bo‘ldi

Foto: RIA Novosti /Mixail Voskresenskiy
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida yosh qiz suvga mobil telefonini tushirib yuborgach, hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqa bo‘yicha boshqarmasi xabar bergan.
«Tergovning dastlabki versiyasiga ko‘ra, 2018 yilning 19 aprel kuni kechki vaqtda qiz vannaxonada bo‘lgan. Oradan biroz vaqt o‘tib uning onasi baqirgan ovozini eshitgan va eshikni taqillata boshlagan, biroq javob qaytarilmagan. Qarindoshlar qulfni sindirishganida, bola hayotdan ko‘z yumib bo‘lgani aniqlandi. U elektr toki tufayli vafot etgan», - deyiladi xabarda.
Taxminlarga ko‘ra, qiz quvvatlantirish qurilmasiga ulangan telefonini suvga tushirib yuborgan.
Hodisadan so‘ng Rossiya JKning 109-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergovchilar ro‘y bergan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashmoqda.
Mavzuga oid

13:33
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

09:59
Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

08:43
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi

23:58 / 24.04.2025