Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Xorazmdagi tarixiy majmuaga tashrif buyurdi

O‘zbeklar va turkmanlar qadimdan yonma-yon, hamjihat yashab kelgan. Xiva xonligi davrida turkmanlar uchun qishloqlar, uy-joylar barpo etilgan. Urganch tumanidagi «Ulli hovli» majmuasi ana shunday tarixiy obidalardan biridir.
O‘n yettinchi asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o‘rab turgan qo‘rg‘on saqlanib qolgan.
«Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yigirma o‘rinli mexmonxona qurildi. Turkman o‘tovlari o‘rnatildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratildi», deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari «Ulli hovli»ni tomosha qildi.
Shu yerda o‘zbek va turkman mumtoz qo‘shiqlaridan namunalar ijro etildi.
Mavzuga oid

21:20 / 25.07.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sportkarda sinovdan o‘tkazdi

08:57 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston dori vositalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etadi

07:18 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etadi

15:02 / 30.06.2025