Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy sun'iy yomg‘ir hosil qilish bo‘yicha dunyodagi eng katta tajribani amalga oshirmoqchi

Foto: Rafael Marchante / Reuters
Xitoylik olimlar Tibet tog‘ligida yog‘ingarchilik miqdorini yiliga 10 mlrd kubmetrgacha oshirishmoqchi. “Tyanxe” loyihasi doirasida tog‘larda atmosferaga yomg‘ir hosil qiluvchi reagent hisoblanuvchi kumush iodidi zarralarini chiqaradigan o‘n minglab kamera o‘rnatiladi. Bu sun'iy yomg‘ir hosil qilish bo‘yicha dunyodagi eng katta tajriba bo‘ladi.
Olimlar 1,6 mln kvadrat kilometr maydon ustida yomg‘ir chaqirishga muvaffaq bo‘lishlariga umid qilmoqdalar. Yomg‘ir ko‘rinishida tushadigan suv hajmi Xitoyda yiliga iste'mol qilinuvchi umumiy ichimlik suvining 7 foiziga teng bo‘ladi. Yomg‘ir hosil qiluvchi tizimlarning dastlabki sinovlari Tibet, Sintszyan va boshqa tog‘li hududlarda o‘tkazilgan va u yerlarda 500 ga yaqin kamera o‘rnatilgan.
Tizim bulutlarning fazaviy holatini o‘zgartirish uchun atmosferaga maxsus reagentlar chiqarilganda bulutlar chaqirish uchun mo‘ljallangan. Bunda suv bug‘i ko‘p miqdorda bo‘lgan havo massalarida kristallashuv markazlari hosil bo‘ladi, bu esa yog‘ingarchilikni keltirib chiqaradi. Kumush iodidi kristall strukturasi muzni eslatgani sababli, bu moddaning hattoki kichik miqdori suv tomchilarining kuchli kondensatsiyasini hosil qiladi.
Mavzuga oid

23:46 / 28.07.2025
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi

21:19 / 28.07.2025
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda

20:40 / 28.07.2025
O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

14:48 / 28.07.2025