O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 5 mlrd dollarga yetkazilishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muzokaralarni rasmiy delegatsiyalar ishtirokida davom ettirdilar.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokarada yaqin yillarda savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyat mavjudligi ta'kidlandi. Tomonlar hamkorlik uchun istiqbolli tarmoqlar va loyihalarni ilgari surdi.

O‘zbekiston Turkiya bozoriga yengil sanoat, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, charm-poyabzal va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilishni kengaytirishga tayyor. Bu borada Istanbul shahrida ta'sis etilgan O‘zbek-Turk savdo uyi imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkin.

Transport kommunikatsiyalari va tranzit sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ham alohida e'tibor qaratildi. Boku – Tbilisi – Qars temir yo‘li savdo aloqalari uchun ulkan imkoniyatlar yaratishi qayd etildi. Shu jihatdan tranzit tariflarini yanada maqbullashtirish muhimligi ta'kidlandi.
Muzokarada investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni mustahkamlash, turizm, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

18:12 / 12.04.2025
Istanbulning sobiq meri ustidan sud jarayoni yozga qoldirildi

18:19 / 09.04.2025