AQSh sudi Eronga 11 sentabr teraktlari bo‘yicha ko‘p milliardlik tovon puli to‘lash majburiyatini qo‘ydi

Foto: AP/ Chao Soi Cheong
AQSh sudi Eron zimmasiga 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlar qurbonlari yaqinlariga ko‘p milliard dollarlik tovon puli to‘lash majburiyatini qo‘ydi. Bu haqda The Hill nashri xabar berdi.
Tovon puli miqdori u to‘lanayotgan odamlar qurbonlarning kimi ekanligiga qarab farqlanadi: marhumlarning turmush o‘rtog‘i yoki rafiqasiga 12,5 mln dollardan, ota-onalari va farzandlariga 8,5 mln dollardan, aka-uka va opa-singillariga 4,5 mln dollardan qilib belgilangan.
11 sentabrdagi teraktlarni tergov qilish bo‘yicha maxsus komissiya Eronning teraktlarga aloqadorligining isbotlarini aniqlay olmagan bo‘lsa-da, Nyu-York sudi hukmni chiqarish uchun Tehronning “Al-Qoida” terrorchilik guruhiga moddiy yordam ko‘rsatganini yetarli deb hisoblagan.
11 sentabrdagi teraktlar qurbonlari qarindoshlari 2004 yilda Eron hukumatiga qarshi da'vo arizasi topshirgandilar.
Nashrning ta'kidlashicha, Tehron AQSh sudi belgilagan pullarni to‘lashi dargumon. Shunga qaramay, sudning qarori qurbonlar yaqinlariga Eron fuqarolari va kompaniyalarining AQShdagi hisob raqamlaridan undiriladigan mablag‘larga umid qilishlariga imkon beradi.
Mavzuga oid

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04 / 26.04.2025
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31 / 26.04.2025