Tramp Nobel mukofoti haqida: tinchlikka erishishni xohlayman

Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya yetakchisi Mun Chje Inning Koreya inqiroziga yechim topishdagi o‘zgarish uchun o‘zini Nobel tinchlik mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi taklifiga izoh berdi. Trampning reaksiyasi The Hill gazetasi tomonidan keltirilgan.
«Fikrimcha, prezident Mun Chje In menga Nobel tinchlik mukofoti berishni taklif qilib, juda mehribon ekanini ko‘rsatdi. Men tinchlikka erishishni xohlayman. Asosiy vazifam – biz tinchlikni istaymiz. Koreya inqirozi katta muammo edi hamda mening fikrimcha, biz unga yechim topa olamiz», - deya aytib o‘tdi Tramp.
Shuningdek, Amerika yetakchisining qayd etishicha, bu taklif juda «olijanob».
Mavzuga oid

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Je In poraxo‘rlikda ayblandi

18:42 / 21.04.2025
Seulda erkak pestitsid purkagich yordamida 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi

16:11 / 20.04.2025
Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlari deyarli barcha parvozlarni to‘xtatdi

08:10 / 19.04.2025