Avstraliyalik o‘smirlar kenguru bolasini botqoqlikdan qutqarishdi
Ikki 19 yoshli avstraliyalik Sidney chekkasidagi Nepin daryosining qurigan hududidan kichik kenguruni qutqarishdi. Ular mototsiklda o‘tib ketayotganlarida balchiqda nimadir qimirlayotganini ko‘rishdi. Bu suv izlab shu yerga kelib qolgan va bo‘y baravar loyga botgan kichik kenguru edi.

O‘smirlardan biri - Jyek 30 metrli arqon topib keldi, ikkinchisi - Nik esa uni beli atrofiga bog‘lab, jonivorni qutqarishga shoshildi. U mo‘ljalga yetgach, do‘stiga ishora qildi va Jyek ularni botqoqlikdan tortib oldi.

Qirg‘oqqa chiqqach, o‘smirlar kenguruni Jonivorlarni qutqarish jamoasi - WIRES Australian Wildlife Rescue'ga topshirishdi.
"Agar yana shunday bo‘ladigan bo‘lsa, biz yana xuddi shunday yo‘l tutamiz", - deya ishonch bilan ta'kidlashdi ular.

Hozir jonivor o‘ziga kelmoqda: u uzoq vaqt botqoqlikda yotgan va suvsizlik hamda ochlikdan jabrlangan. Qutqaruvchilar uni ehtiyotkorlik bilan iliq suvda yuvintirishdi, tinchlantirishga harakat qilishdi va suv berishdi.
Bugunga kelib kenguru sog‘lom, biroq qutqaruvchilar xizmati xodimlari miopatiya - mushaklar kasalligidan xavfsirashmoqda.
Mavzuga oid

21:48 / 07.06.2025
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi

17:11 / 04.06.2025
To‘tiqush Avstraliyaning birinchi raketasi parvoziga to‘sqinlik qildi

23:14 / 14.05.2025
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi

12:20 / 05.05.2025