Yevropaga birinchi qog‘ozlar aslida Samarqanddan yetkazilgan
O‘zbekistonga tashrif buyurgan yaponiyalik olimlarning fikricha, Yevropaga qog‘ozlar Yaponiya yoki Xitoydan ham avvalroq, Samarqanddan yetkazib berilardi. Bu haqda Madaniyat vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Madaniyat vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari Kamola Akilova va Yaponiyadagi “AIChI” Universitetining Koji Shibazaki hamda Masanori Aikyo professorlari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Yaponiyaning loyihasi asosida Samarqand qog‘ozini o‘rganish, uni ishlab chiqarish hamda bu borada amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda Madaniyat vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qilish mavzusida suhbat olib borildi.

“Izlanishlaridan shu ma'lum bo‘ldiki, Yevropaga qog‘ozlar Yaponiya yoki Xitoydan emas, aslida Samarqand qog‘ozi birinchi yetkazilgan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ma'lum qilinishicha, ushbu tadqiqotlarni haqqoniyligini isbotlash maqsadida, yaponiyalik professorlar Madaniyat vazirligining tasarrufidagi davlat muzeylarida saqlanayotgan qog‘oz hujjatlarni, ularga zarar yetkazmagan holda, tekshirish va uning tolasini aniqlash borasida ko‘maklashishda amaliy yordam so‘rashdi.
O‘z navbatida Kamola Akilova bunday tadqiqotlarga bajonidil ko‘mak berishi, bu borada O‘zbekistonda Samarqand qog‘ozi yuzasidan Xalqaro anjumanini hamda qo‘lyozmalar ko‘rgazmasini tashkil etish taklifini bergani aytiladi.
Mavzuga oid

11:58
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

11:17
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

23:20 / 22.04.2025