Rossiya: Skripal fuqarolikdan bosh tortmagan

Foto: REUTERS
Britaniyaning Solsberisida zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal Rossiya fuqaroligidan bosh tortmadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Sergey Skripal Rossiya fuqaroligidan mahrum etilmadi, hamda undan, bizning tushunishimizcha, ixtiyoriy ravishda chiqmadi. U rossiyalik konsullar bilan muloqot qilishga to‘la huquqqa ega, Rossiyada ham u bilan suhbatlashishga huquq bor», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni rossiyalik fuqarolar bilan hammasi joyida ekaniga ishonch hosil qilishi lozim. Shu bilan birga, Zaxarovaning qayd etishicha, Britaniya tomonining bayonotlari Moskvani qoniqtirmayapti.
«Londondagi elchixonamiz orqali Skripallar bilan shaxsan suhbatlashish imkoniyatini talab qilishda davom etamiz. Agarda ularda bizning yordamga ehtiyoj bo‘lmasa, unda Britaniya hukumati buni erkin aytish imkonini taqdim etishi kerak», - deya ma'lum qildi RF TIV vakili.
Zaxarovaning ta'kidlashicha, hozirgi sharoitda vaziyat shunday ko‘rinishga egaki, xuddi Britaniya hukumati Rossiyaning ikki fuqarosini o‘g‘irlab ketgandek tasavvur paydo bo‘lyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KQTT rahbari Skripallarni zaharlashda qo‘llanilgan modda miqdorini aytgandi.
Mavzuga oid

09:40
Rossiyada 2008 yildan beri eng yuqori kadrlar tanqisligi qayd etildi

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

20:36 / 29.04.2025
Rossiyada pora orqali holatini qonuniylashtirilgan migrantlarni deportatsiya qilish taklif etildi

18:08 / 29.04.2025