Rossiya Qrimdagi harbiy imkoniyatlarini kuchaytirmoqda

Foto: Zvezda
Rossiya Qrimdagi harbiy qudratini oshirib bormoqda, bu yarim orol RF tarkibiga qo‘shib olingach yangi kuch bilan avj oldi. Bu haqda Germaniyaning Focus jurnali yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, yaqinda yarim orol hududiga «Vyshniy Volochek» kichik raketa kemasi yetkazildi, u «Kalibr» raketa majmuasi bilan jihozlangan hamda u Suriyada o‘zining samaradorligini isbotladi. Bu esa g‘arbdagi harbiy mutaxassislarni tashvishga solgan. Shuningdek, yarim orol hududida ikkita S-400 ZRM divizioni va artilleriya ham bor. Qora dengiz flotiga bir nechta yangi fregat va suvosti qayig‘i kelgan.
«Qrim kun sayin qal'aga aylanib bormoqda», - deya ta'kidlaydi nashr.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik admiral Rossiyani tiyib turuvchi omil haqida gapirgandi.
Mavzuga oid

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:28 / 17.05.2025
Kreml Putin-Zelenskiy uchrashuvi qachon o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi

15:15 / 17.05.2025
Ukrainaga halok bo‘lgan 909 harbiyning jasadi qaytarildi

13:37 / 17.05.2025