Avakov Donbass qanday qilib Ukrainaga qaytarilishini aytdi

Foto: REUTERS
Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakovning ma'lum qilishicha, Donbass Ukraina tomoniga politsiya amaliyoti davomida qaytariladi. Bu haqda vazir mamlakat IIVning feysbukdagi translyatsiyasi davomida aytib o‘tdi.
Avakovning so‘zlariga ko‘ra, mintaqaning Ukraina tarkibiga qaytarilishi jarayoni oddiy emas, bu murakkab amaliyot bo‘ladi, biroq harbiy emas. U o‘z ichiga bir nechta komponentlarni qamrab oladi.
«Bu, katta ehtimol bilan, qurolli kuchlarni qo‘llamagan holda o‘tkaziluvchi politsiya amaliyoti bo‘ladi», - deya ma'lum qildi Avakov.
Uning ta'kidlashicha, bunday amaliyotni amalga oshirish uchun BMTning 2 ming nafar tinchlikparvari yetarli bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO sobiq bosh kotibi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush haqida o‘z fikrini aytgandi.
Mavzuga oid

18:00
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

13:18
YeI ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoyani 2027 yil martigacha uzaytirdi

12:36
Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi

13:38 / 13.06.2025