Namanganda ayolini qaychi bilan urib, jarohat yetkazgan er ushlandi

Foto: KUN.UZ
7 iyun kuni Namangan shahrida jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, shu shaharda yashovchi O.A. uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i F.M. ismli ayolning oyoq, qo‘l va bo‘yin qismlariga qaychi bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada F.M. kasalxonaga yotqizilgan. O.A. ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda kollej o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan yakunlangandi.
Mavzuga oid

10:43 / 28.04.2025
Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

15:49 / 27.04.2025
Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi

15:59 / 26.04.2025
“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi o‘quvchilar” - viloyat YHXB boshlig‘i

22:09 / 23.04.2025