JCh-2018. Braziliya so‘nggi daqiqada gollar urib, Kosta-Rikani yengdi

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.
Ye guruhida Braziliya va Kosta-Rika terma jamoalari bellashdi. O‘yin «pentakampeonlar»ning katta ustunligi ostida o‘tgan bo‘lsa-da, muxlislar golni juda uzoq vaqt kutishdi.
Braziliya terma jamoasi bahsda ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olmadi va faqat hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda urilgan Koutino va Neymar gollari evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Bu natijadan so‘ng, Braziliya 4 ochko bilan guruhda peshqadam bo‘lib oldi. Serbiya hisobida 3, Shveytsariyada 1 ochko bor. Kosta-Rikada ochko yo‘q. Guruhning yana bir o‘yinida Serbiya va Shveytsariya bellashadi.
JCh-2018, Ye guruhi
Braziliya – Kosta-Rika 2:0
22 iyun, Sankt-Peterburg, «Krestovskiy» stadioni
Gol: 1:0 – 90+1 Koutino, 2:0 – 90+7 Neymar
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Marselo, Fagner, Miranda, Paulino (Firmino, 68), Kazemiro, Koutino, Villian (Duglas Kosta, 46), Neymar, Gabriel Jyezus (Fernandino, 90).
Kosta-Rika – Navas, Gonsales, Akosta, Ovedo, Duarte, Venegas, Borxes, Ruis, Gusman (Texeda, 83), Gamboa (Kalvo, 75), Urenya (Bolanos, 54).
Ogohlantirishlar: Neymar (81), Koutino (81), Akosta (84).
Mavzuga oid

02:08 / 03.12.2022
JCh-2022. Braziliya to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda 1-o‘rinni egalladi, Shveytsariya - pley-offga chiqqan so‘nggi jamoa

02:41 / 25.11.2022
JCh-2022. Braziliya mundialni Serbiya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi

18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin

09:13 / 27.03.2019