Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reyting: Insoniyat tarixidagi eng yaxshi romanlar

Foto: EPA-EFE/YONHAP
Insoniyat tarixidagi eng yaxshi romanlar reytingi tuzildi. The Daily Telegraph nashrida taqdim etilgan ro‘yxatga ko‘ra, yuzlab eng yaxshi adabiy asarlar ro‘yxati tanqidchilar fikri asosida saralangan.
Reytingning birinchi o‘rniga angliyalik yozuvchi Jorj Eliot (1819-1891, asl ismi Meri Enn Evans)ning "Middlmarch" romani munosib ko‘rildi. Ikkinchi o‘rin amerikalik German Melvill (1819-1891)ning "Mobi Dik" romaniga nasib etdi. Uchinchi o‘rinda esa rus yozuvchisi Lev Tolstoy (1828-1910) ning "Anna Karenina" romani qayd etildi.
To‘rtinchi va beshinchi satrlarda Genri Jyeyms (1843-1916) ning "Ayol portreti" va Jozef Konrad (1857-1924)ning "Zulmat qalbi" romanlari egalladi.
Eng yaxshi romanlar o‘nligidan shuningdek Marsel Prustning "Yo‘qotilgan vaqtni izlab", Sharlotta Brontening "Jyeyn Eyr", Jon Maksvell Kutzening "Yuzsizlik", Virjiniya Vulfning "Missis Dellouey" va Migel de Servantesning "Don Kixot" asarlari o‘rin olgan.
Mavzuga oid

16:11 / 27.03.2025
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi

14:55 / 18.03.2025
Dunyoning asosiy gastronomik shahri ma’lum qilindi

16:08 / 27.04.2022
Lissabon masofadan ishlaydiganlar uchun eng yaxshi shahar deb topildi

21:14 / 03.01.2022