Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Yevroittifoq taqdirini qaysi masala hal qilishini aytdi

Foto: DPA
GFR kansleri Angela Merkelning parlament majlisida ma'lum qilishicha, Yevropa ittifoqi taqdirini uning migratsiya tomonidan qo‘yilayotgan chaqiriqlarga javob berish imkoniyati hal qiladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Shuningdek, uning aytishicha, migrantlar soni qisqarib borgani sari 2015 yilga qadar amalda bo‘lgan avvalgi migratsion qoidalar qaytariladi.
Ta'kidlanishicha, Merkel migratsiya masalasi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini himoya qilgan. Unga ko‘ra 2015 yilda millionlab migrantlarga mamlakat hududida boshpana taqdim etildi.
«Yevropa oldida ko‘plab chaqiriqlar turibdi, biroq aynan migratsion masala Yevropa ittifoqi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega», - deya xulosa qilgan Merkel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI bu muammoga yechim topa bilishi kerak, sababi Afrikadagilar Yevropa qadriyatlariga ishonch hosil qilishi lozim. Aks holda «Yevropani kuchli qilgan qadriyatlar tizimiga boshqa hech kim ishonmaydigan bo‘ladi».
Mavzuga oid

23:35 / 01.08.2025
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi

19:59 / 31.07.2025
Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy qilindi

12:40 / 31.07.2025
O‘zbekistonda "Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasiga start berildi

23:20 / 30.07.2025