Dragon yuk kemasi Xalqaro koinot stansiyasi bilan tutashdi
29 iyunda SpaceX kompaniyasi tomonidan Xalqaro koinot stansiyasi tomon uchirilgan Dragon yuk kemasi 2 iyulda XKS bilan muvaffaqiyatli tutashdi.

XKSning tvitterda ma'lum qilishicha, stansiya Toshkent vaqti bilan soat 16da Canadarm2 qo‘l-manipulyatori yordamida kemani ushlab olgan va 3 soat o‘tgach kema stansiyaning Harmony moduliga tutashgan.

Kema XKSga 2,7 tonna yuk, jumladan oziq-ovqat, tajribalar uchun materiallar yetkazgan. Yuk orasida koinotni tadqiq qilishga mo‘ljallangan interaktiv mobil yordamchi CIMON ham bor.
Ayni vaqtda SpaceX Dragon kemasining XKSga yangi ekipajlarni yetkaza oladigan boshqariluvchi versiyasini yaratish ustida ish olib bormoqda. Ushbu kemaning odamlarsiz ilk parvozi joriy avgustda, odamlar bilan esa dekabrda amalga oshirilishi kutilmoqda. Ta'kidlanishicha, kema kapsulasida bir vaqtning o‘zida 7 fazogir joylashishi mumkin.
Mavzuga oid

19:25 / 18.03.2025
Xalqaro kosmik stansiyada 9 oy qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytmoqda

17:05 / 16.03.2025
SpaceX kemasi XKSga muvaffaqiyatli ulandi

02:02 / 31.01.2025
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan yana ochiq kosmosga chiqdi

23:02 / 16.01.2025