Frantsuz meri chivinlarni taqiqlab qo‘ydi
Fransiyaning Briole shahrida chivinlar taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda The Connexion nashri ma'lum qildi.
Mahalliy aholi iyul boshidagi toshqinlardan keyin chivinlar ko‘payib ketganidan arz qilgan. Shahar meri bunga shaharda chivinlarni taqiqlovchi farmon chiqarish bilan munosabat bildirgan. Bundan tashqari, mer ratusha, boshlang‘ich maktablar va bolalar bog‘chalari oldida chivinlarga qarshi qopqonlar o‘rnatishga ko‘rsatma bergan.
“Men shunday yo‘l bilan shaharliklarga ushbu holatga qarshi hech narsa qila olmasligimni yetkazishga harakat qildim. Ko‘pchilikka bu kulguli tuyuldi”, deb aytgan mer. Farmondan keyin chivinlar ancha kamaygan, biroq merning aytishicha, bu albatta taqiqlov bilan bog‘lanmagan.
2016 yilda Shvetsiyada chivinlarni tutish bo‘yicha chempionat o‘tgan. G‘olib 135 ta chivinni ushlashga muvaffaq bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, musobaqa mahalliy o‘rmonlarga chivinlarga qarshi vositalar bilan ishlov berishga taqiqlovdan keyin uyushtirilgan.
Mavzuga oid

22:10 / 22.04.2025
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin

19:22 / 21.04.2025
«Telegram hech qachon shaxsiy xabarlarni oshkor qilmagan» – Durov Fransiya parlamenti qarorini olqishladi

14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba

01:01 / 17.04.2025