O‘zbekistonda 3500ta avtobusga GPS qurilmalari o‘rnatiladi

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi binosida agentlikning 2018 yil yanvar-iyun oylari ish yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Joriy yil yakuniga qadar Agentlikning markaziy apparatida Yagona dispetcherlik markazi va viloyat markazlarida hududiy dispetcherlik pultlari ishga tushiriladi. Nukus va Toshkent shaharlari, viloyatlar markazlarida 3500ta avtobusga masofadan turib nazorat qilish maqsadida GPS qurilmalari o‘rnatiladi. Mazkur loyiha doirasida 5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.
«Umumiy foydalanishdagi yo‘lovchilar tashish transportida yo‘l haqini yagona avtomatlashtirilgan to‘lash tizimini joriy etish» yuzasidan dasturiy mahsulotni ishlab chiqishga texnik topshiriq tayyorlash bo‘yicha «UNICON.UZ» DUK tashkiloti bilan shartnoma tuzildi.
Mavzuga oid

17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi

17:51 / 15.01.2025
Finlandiya aeroportlari GPS faoliyatidagi uzilishlar tufayli muqobil tizimdan foydalanishga o‘tmoqda

22:21 / 17.12.2024
SpaceX raketasi yangi avlod GPS sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi

10:30 / 05.10.2024