FVVda o‘zgarish. Vazirga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Favqulodda vaziyatlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumotni vazirlik matbuot xizmati Kun.uz’ga tasdiqladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 3890-sonli qaroriga muvofiq, Shuhrat Xo‘jamberdiyevich Jo‘rayev O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining qurilish va muhandislik muhofaza ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Sh. Jo‘rayev 1968 yilda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. U vazirlik jamoasiga bugun tanishtirilgan, podpolkovnik unvoniga ega.
Ma'lumot uchun: Shuhrat Jo‘rayev bundan avval Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid

20:05 / 09.04.2025
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:35 / 06.04.2025
Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan uch kishi qutqarildi

20:27 / 28.03.2025
Favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosar va FVV akademiyasiga yangi boshliq tayinlandi

13:28 / 09.03.2025