Mayda qarzdorlar uchun jarimalar kamaytirilishi mumkin
Qarz summasiga qarab jarimalarning turli miqdorlarini belgilab, MJTKning 198-1-moddasiga o‘zgartirish kiritishni taklif etmoqdalar. Majburiy ijro byurosi tomonidan tegishli tuzatishlar ishlab chiqilgan, deb yozmoqda Norma.
Ayni paytda qarzdorning ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ma'muriy jarima fuqarolarga EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorni tashkil etadi.
Loyihada jarimalarning yangi tizimi taklif etilgan. Unda sanksiya miqdori ijro hujjati bo‘yicha undirilishi lozim bo‘lgan summaga bog‘liq. 10 EKIHni «chegara» summasi sifatida belgilash taklif etilgan, material e'lon qilingan sanada u 1 843 000 so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasida ko‘rsatilgan 11 turdagi hujjat ijro hujjati hisoblanadi. Ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda ijro etish muddati ijro ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab 15 kundan, jarima tarzida jinoiy jazoga hukm qilinganlar uchun esa hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 1 oydan (18 yoshga to‘lmay jinoyat sodir etgan shaxslar uchun – 6 oydan) oshmasligi kerak.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid

17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi

14:56 / 01.04.2025
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi

15:50 / 27.03.2025
Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

19:51 / 24.03.2025