Jahon | 20:58 / 03.08.2018
5808
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi sammitda Kaspiy dengizining huquqiy maqomiga aniqlik kiritiladi

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Beshinchi Kaspiy sammitiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.

Yig‘ilishda Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi Konventsiya va boshqa kelishuvlarni  imzolashga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

"Beshinchi Kaspiy sammiti doirasida Kaspiy dengizining huquqiy maqomini aniqlash bo‘yicha uzoq yillik muzokaralarni yakuniga yetkazish rejalashtirilmoqda. Sammitning muhim hujjati Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi Konventsiya bo‘ladi. Unda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh davlatlarning undan foydalanish bo‘yicha huquq va majburiyatlari aks etadi", - dedi tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov.

Mavzuga oid