Sport | 17:32 / 03.08.2018
11597
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi xalqaro musobaqani durang bilan boshladi

Foto: Zing.vn

1997 yil va undan  keyin tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamdagi xalqaro musobaqada o‘z ishtirokini boshladi.

Ravshan Xaydarov boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi Indoneziyada bo‘ladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi sababli, Vetnamdagi musobaqaga terma jamoamizni katta murabbiy Sunnatilla Abdurasulov olib bordi. 

Turnirning dastlabki bahsida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ummon bilan bellashdi va 0:0 hisobidagi durang natijani qayd qildi.

Xalqaro musobaqa, Vetnam
3 avgust
O‘zbekiston – Ummon - 0:0
 
5 avgust
14:30 O‘zbekiston – Falastin
 
7 avgust
17:30 Vetnam – O‘zbekiston

Mavzuga oid