Maksim Shevchenko MARda o‘ldirilgan jurnalistlar bo‘yicha yangi tafsilotlarni oshkor qilishi mumkin

Foto: stolica-s.su
Rossiyalik jurnalist Maksim Shevchenkoning ma'lum qilishicha, Markaziy Afrika Respublikasida (MAR) o‘ldirilgan jurnalist Orxan Jamol ishi bo‘yicha guvohlik berishga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Shevchenkoning so‘zlariga ko‘ra, u tergovchilarni uni ham so‘roq qilishlarini xohlaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, sodir bo‘lgan voqeaga oydinlik kiritish imkoniga ega bo‘lgan guvohlar bor.
«U (Jamol) ketishidan avval bu safari haqida men bilan batafsil gaplashgandi», - dedi Shevchenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hamkasbini safardan voz kechishga ishontirmoqchi bo‘lgan, biroq Jamol pulga muhtoj bo‘lgani sababli uchib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV o‘ldirilgan jurnalistlar bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

09:59 / 25.04.2025
Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

08:43 / 25.04.2025