Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirjalol Qosimov: «Bunyodkor» saqlab qolinishi kerak»

Foto: Ma'ruf Asqarov / TRIBUNA.UZ
«Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliga 21-turidan o‘rin olgan «Nasaf»ga (4:1) qarshi safar o‘yinidagi yirik g‘alabadan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Qarshida «Nasaf»ga qarshi doimo qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Bugun ham ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi, gollar urildi. Bugun bizga omad kulib boqdi. Agar penaltini darvozabonimiz qaytara olmaganida, o‘yin boshqacha natija bilan yakunlanishi mumkin edi.
Maqsadimiz - chiroyli o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni xursand etish. Ochkoni kuzda sanaymiz, g‘oliblikka kuchimiz yetadi va yigitlarim bunga haqli.
«Nasaf» ham yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Lekin omad ko‘proq biz tarafda bo‘ldi. Menimcha, murabbiy hech qachon jamoadan 100 % qoniqish hosil qilmaydi. Chunki, o‘yin davomida baribir qandaydir xatolar uchrab turadi.
«Bunyodkor» saqlab qolinishi kerak. O‘zbek futboli uchun yaxshi futbolchilar yetishtirib bermoqda. Qolaversa, klub akademiyasida mingga yaqin bolakaylar futbol sir-asrorlarini o‘rganishmoqda. Umid qilamanki, klubning umri uzoq bo‘ladi», - deb Qosimov so‘zlarini keltirmoqda Sports.uz.
Mavzuga oid

08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi

08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi

13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi

21:00 / 02.03.2024