Oq uy turk lirasining qulashiga izoh berdi

Foto: Fotolia / Hayati Kayhan
Oq uyning iqtisodiy maslahatchisi Kevin Xassett Turkiya bozoridagi tebranishlarga Amerika sanksiyalari va import bojlari oshirilishi bilan emas, balki demokratiyadan chetlashish bilan izoh berdi.
«Mamlakat liberal demokratiya bilan aloqani yo‘qotsa, unda iqtisodiyot bilan nima bo‘lishini hech kim aniq bilmaydi. Menimcha, juda katta noaniqliklar bor», - dedi Xassett MSNBC efirida.
«Valyuta 40%ga qulasa - bu mamlakatda iqtisodiyotning ko‘plab asosiy ko‘rsatkichlari tartibga solinmaganligining belgisi», - deya qo‘shimcha qildi Xassett. Uning so‘zlariga ko‘ra, import bojlari faqat po‘latga tegishli bo‘ldi, bu soha esa Turkiya iqtisodiyotining «juda kichik qismi» sanaladi. Shuningdek, Xassettning xabar berishicha, AQSh ma'muriyati lira kursini jiddiylik bilan kuzatib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyani valyuta inqirozi qamrab olgani, lira rekord darajagacha qulagani xabar berilgandi.
Yil boshidan buyon turk lirasi o‘z qiymatining 27 foizini yo‘qotdi. Kecha 1 AQSh dollari 7,1 turk lirasiga sotilgan.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

09:46