«Kofi Annanning o‘zi Birlashgan Millatlar Tashkiloti edi». Antoniu Guterresh bayonot berdi

Foto: REUTERS
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh tashkilot sobiq bosh kotibi Kofi Annanning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Uning bayonoti BMT saytida e'lon qilingan.
Guterreshning so‘zlariga ko‘ra, Annanning vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilib olgan.
«Ko‘p jihatdan Kofi Annanning o‘zi Birlashgan Millatlar Tashkiloti edi», - deya ma'lum qildi Guterresh.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq bosh Kotibi Kofi Annan 80 yoshida vafot etgani xabar berilgandi.
Kofi Annan 1997-2006 yillarda BMTning yettinchi bosh kotibi bo‘lgan, 2001 yilda Inson huquqlari sohasidagi sa'y-harakatlari uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid

23:21 / 13.06.2025
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi

23:02 / 12.06.2025
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

21:46 / 02.06.2025