Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya o‘zining vertolyot tashuvchilarini qurishdan voz kechdi

Foto: AP
Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturovning ma'lum qilishicha, mamlakatda o‘z vertolyot-tashuvchilar qurilmaydi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
«Rossiya harbiy-dengiz floti uchun aviatashuvchi qurilishi bilan bog‘liq masalalar hozirda muhokama qilinmoqda, vertolyot-tashuvchining qurilishi masalasi bo‘yicha men bir narsani aniq aytishim mumkinki, vertolyot-tashuvchilar qurilmaydi», - dedi Manturov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vertolyotlarni olib o‘tishi mumkin bo‘lgan kemalar mamlakat harbiy-dengiz flotida bo‘ladi.
Manturovning aniqlik kiritishicha, aviatashuvchi kemalar vertolyot qanoti bilan ham jihozlangan bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina sharqida Rossiya armiyasining «izlari» topilgandi.