O‘z do‘stini deyarli 53 mln so‘mga «uxlatgan» shaxs ushlandi

Illyustrativ foto
Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi N.Q. 17 iyul kuni IIBga murojaat qilib, unda shu yil aprel oyida Gulzor mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, I.B. unga AQShda yashovchi investitsiya kirituvchi tanishlari borligini aytib, ular orqali tekstil fabrikasi va mevani quritish hamda qayta ishlab chiqarish korxonasini ochib, birgalikda faoliyat yuritishlikni taklif qilib, aldash yo‘li bilan undan 52.900.000 so‘m pullarini olib, shu kungacha bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan I.B. ushlangan.
Mavzuga oid

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi

16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi

08:56 / 19.05.2025