Ziyoratchi ayol Haj safari vaqtida o‘g‘il farzandli bo‘ldi

Foto: billionnews.ru
Ikki milliondan ziyod musulmon Qurbon hayit bayramini muqaddas Makka shahrida kutib olmoqda. Kuni kecha ziyoratchilar Arofat tog‘idagi asosiy amallardan birini bajarishdi, deya xabar beradi Vesti.ru.
Arofat tog‘ida bajariladigan amallar vaqtida ziyoratchi ayollardan biri o‘g‘il farzandini dunyoga keltirdi.
Manbaga ko‘ra, ayol 70 metrli tepalikdan tushishga zo‘rg‘a ulgurgan. Bunday voqea tarixda birinchi marta ro‘y berganligi qayd etilmoqda.
Ta'kidlash joizki, joriy yilning 29 iyulidan 13 avgustiga qadar "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi "Haj-2018" dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga 7200 nafar ziyoratchini tashigan.
Mavzuga oid

07:32
Saudiyada och va boshpanasiz qolgan ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytarildi

12:47 / 24.04.2025
Haj va Umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

22:29 / 21.04.2025
Haj va Umra yagona portali ishlab chiqiladi

08:45 / 21.04.2025