Kosmetika, telefonlar, avtomobil ehtiyot qismlari. Bojxonachilar yana nimalarni to‘xtatib qolishdi?
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali tibbiy buyumlar va tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishiga doir yana bir bojxona qoidabuzarligi fosh etildi.
Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Poytaxt aeroportida “Seul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro B.A. bojxona nazoratidan “qizil” yo‘lak orqali o‘tayotib, yonidagi tovar-moddiy boyliklari haqida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma'lum qiladi.

Ammo, unga tegishli bo‘lgan qo‘l yuki va bagajlaridagi barcha tovarlar ham ushbu deklaratsiyada ko‘rsatilmagan edi. Bojxonachilar tomonidan B.A.ning yuklari belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda jismoniy shaxslar uchun bojsiz olib kirish me'yorlaridan ortiqcha bo‘lgan, boz ustiga deklaratsiyalanmagan, jami 24 mln. so‘mlik 739 dona kosmetika mahsulotlari hamda 21 dona turli xildagi uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, mazkur reys bilan uchib kelgan fuqaro I.A.ning qo‘l yuki va bagajlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me'yoridan ortiq bo‘lgan, jami qiymati salkam 4,7 mln. so‘mlik 10 dona uyali aloqa vositalari va 78 dona turli xildagi avtomobil ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

19:56 / 22.04.2025
“Narxlar ancha arzonroq” - Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbeklar o‘zi bilan nimalar olib kiryapti?

17:10 / 21.04.2025
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirilganiga izoh berildi

18:14 / 17.02.2025