Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aripov va Medvedev Putinning O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifini muhokama qildi
Bugun, 7 sentabr kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev RF prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan davlat tashrifi dasturi kun tartibini o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan muhokama qildi.

Bu haqda hukumat rahbari qo‘shma hukumatlararo komissiya majlisida ma'lum qildi.
«Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning joriy yilning oktabr oyida O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifiga tayyorgarlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi», - deya aytib o‘tdi Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri.
O‘zbekiston bosh vaziri so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbarining respublikaga tashrifi kun tartibi Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralarida ham muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulla Aripov Moskvada muhim hujjatni imzolashi kutilayotgani, u AES masalasiga doir ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

13:18 / 02.08.2025
Tramp: «Medvedevga aytinglar, tilini tiyib yursin»

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

19:09 / 31.07.2025
Tramp va Medvedev ijtimoiy tarmoqlarda tortishib qoldi

07:34 / 26.06.2025