AQSh Kubaga qarshi savdo embargosini yana bir yilga uzaytirdi

Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp 1962 yilda Kubaga nisbatan kiritilgan savdo embargosini yana bir yilga uzaytirish haqidagi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, bu AQSh milliy manfaatlari qatorida qoladi. Avvalgi cheklovning amal qilish muddati 14 sentabrda yakuniga yetadi.
Barak Obama prezidentligi vaqtida AQSh va Kuba 2014 yil oxirida o‘zaro munosabatlarning sekin-asta yaxshilanishi bo‘yicha ish boshlashni e'lon qilgan. 2015 yil iyulda davlatlar diplomatik munosabatlarni tiklashgan.
Biroq 2017 yil iyunda AQSh prezidenti Donald Tramp Barak Obamaning Gavana bilan munosabatlarni yaxshilash qarori “xato” bo‘lganini aytgan. Oq uyda AQShning Kubaga qarshi kiritgan embargosi saqlanib qolishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid

17:55
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:55
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

13:32