Xitoy yirikligi bo‘yicha dunyodagi 2-raqamli aviatashuvchi flot qurmoqchiligi ma'lum qilindi

Gallery Military resursi “Xitoy yirikligi bo‘yicha dunyodagi 2-raqamli aviatashuvchi flot qurmoqchi” deb nomlangan videomaterialni e'lon qildi. Ma'lum qilinishicha, oxirgi 10 yil davomida Xitoy harbiy-dengiz floti safiga 100 dan ko‘proq jangovar kema kiritilgan.
Materialda Xitoy tomonidan kuchli aviatashuvchi flot yaratilishiga urg‘u berilgan. Bugungi kunda Xitoyda “Lyaonin” aviatashuvchi kema mavjud. Hozirda ikkinchi aviatashuvchi kemani qurish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. U 2020 yilda foydalanishga topshirilishi kerak.
Xitoy 2030 yilgacha hammasi bo‘lib 4 ta to‘liq shakllantirilgan aviatashuvchi guruhga ega bo‘lmoqchi. Shu tariqa, Xitoy 2020 yildan keyin ikkita aviatashuvchi kema va unga hamrohlik qiluvchi yangi kemalar qurishi lozim. Bu kemalarni qurishda avvalgi kamchiliklar hisobga olinadi.
Mavzuga oid

17:55 / 25.04.2025
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:32 / 25.04.2025
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

21:11 / 24.04.2025
«Demokratiyaning bo‘sh arsenali». Foreign Affairs AQSh Xitoy bilan urushga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qildi

17:06 / 23.04.2025