Turmush o‘rtog‘ining ustiga qaynoq suv sepib yuborgan ayol ushlandi

Samarqand viloyatining Narpay tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Shu yilning 9 sentabr kuni “Oqtosh” MFYda yashovchi S.M. ismli ayol uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i N.M.ning ustiga qaynoq suv sepib yuborgan.
Natijada N.M. kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ayol qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

23:20 / 22.04.2025
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi

19:46 / 22.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi

10:53 / 22.04.2025