Viktoriya ko‘lida fojia: kamida 44 kishi halok bo‘ldi

Foto: STEPHEN MSENGI
Afrikadagi Viktoriya ko‘lida paromning cho‘kib ketishi oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN mahalliy rasmiylar ma'lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, qutqaruvchilar 37 kishini suvdan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Shu bilan birga, qutqaruv amaliyotini voqea ro‘y bergan joyda ko‘rish masofasi pasayganligi sababli to‘xtatib turishga ham majbur bo‘lindi. CNN ma'lumotlariga ko‘ra, u 21 sentabr kuni ertalabki soatlarda davom ettiriladi.
Favqulodda holat Tanzaniya hududiy suvlarida yuz berdi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshlarida Indoneziyada bortida 140 yo‘lovchi bo‘lgan parom cho‘kib ketgandi.
Mavzuga oid

10:41 / 03.07.2025
Bali sohillari yaqinida parom cho‘kib ketdi

20:56 / 11.06.2025
Shimoliy Afrikadan G‘azoga birdamlik karvoni yo‘lga chiqdi

23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda

23:39 / 20.03.2025