Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning o‘zbeklar savdo qiluvchi tumanida blokpostlar qo‘yildi

Foto: 24.kg
Qorasuv qishlog‘ida qochib ketgan jinoyatchi Jildizbek Bekmurzayevni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazilmoqda. Militsiya xodimlari O‘sh shahriga kirish va chiqish joylarida blokpostlar qo‘yishdi, deb xabar beradi 24.kg.
«Militsiya xodimlari atrof hududlarni aylanib chiqishmoqda va O‘sh shahriga kiruvchi hamda chiquvchi barcha avtomobillarni tekshiruvdan o‘tkazishmoqda», - deya xabar berishgan Ichki ishlar boshqarmasidan.
Avvalroq, Jildizbek Bekmurzayev Bishkek IIBB tomonidan bir qator jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinib qidiruvga berilgandi. 2017 yilning iyul oyida u Ko‘stanoyda (Qozog‘iston) qo‘lga olindi.
32 yoshli Jildizbek Bekmurzayev chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun olti oyga ozodlikdan mahrum etildi. 2017 yil 21 dekabrda u jazoni ijro etish muassasasidan qochib ketdi. Ushbu shaxs Qirg‘iziston fuqarosi hisoblanadi.

Foto: Qirg‘iziston IIB
«Kecha militsiyaga u Qorasuv tumanidagi kafe yonida ekani haqidagi ma'lumot kelib tushdi. Tezkor xodimlar u yerga yetib borishganida, erkak qarshilik ko‘rsatdi. U militsionerlarga avtomatdan otib tashlash bilan tahdid qilib, makkajo‘xori maydonida yashirindi», - deya xabar berishgan IIBdan.
Mavzuga oid

13:53 / 30.07.2025
Qirg‘izistonda xalqaro internet-trafikka monopoliya joriy etilyapti

21:43 / 29.07.2025
Qirg‘izistonda sudlanganlarga muhim davlat lavozimlarini egallash taqiqlandi

19:19 / 28.07.2025
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi

09:05 / 25.07.2025