O‘zbekiston va Bolgariya universitetlari o‘rtasida memorandum imzolandi
Kuni kecha Toshkent davlat agrar universitetiga Bolgariya davlatining Plovdiv agrar universiteti qishloq xo‘jaligi professorlari Svetlana Yancheva va Xristina Yancheva tashrif buyurdi.

Ular o‘simliklar biotexnologiyasi, o‘simliklarni himoya qilish va sabzavotchilik yo‘nalishlarida magistratura bosqichida “Qo‘shma dastur” joriy etish;
- O‘simliklar biotexnologiyasi, o‘simliklarni himoya qilish va sabzavotchilik yo‘nalishlardagi doktorantlarga rahbarlik qilish;
- Ikki universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari almashinuvi masalalari va “Qo‘shma dastur” loyihasini amaliyotga joriy etishni maqsad etishgan.
Uchrashuv davomida Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik B.Sulaymonov so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Loyiha tashkilotchilari tomonidan universitet qoshidagi “Qishloq xo‘jaligida innavatsion ishlanmalar va maslahat markazi”dagi tegishli tajriba maydoniga ko‘rgazmali tashrif uyushtirildi. Uchrashuv so‘ngida “Qo‘shma dastur” loyihalari ishlab chiqildi va memorandum imzolandi.

Mavzuga oid

13:58 / 10.06.2025
O‘zbekiston va Bolgariya o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytiradi

21:30 / 09.06.2025
Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

16:35 / 08.06.2025
Bolgariya prezidenti 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

15:08 / 01.06.2025