Trampning Eron prezidenti bilan uchrashishi mumkinligi ma'lum qilindi

Foto: REUTERS
AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi doirasida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashishi mumkinligini aytdi.
Uning aytishicha, Tramp muloqot amaliy xarakterga ega bo‘lsa, unga tayyorligini bildirgan.
“Prezident bu boradagi fikrini jo‘ngina tushuntirdi. Agar Eron bilan muzokaralar amaliy bo‘lsa, prezident uni o‘tkazishga tayyor”, deb aytgan Pompeo Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Shu bilan birga Pompeo bugungi kunda Trampning Nyu-Yorkda Ruhoniy bilan uchrashishi rejasi bor-yo‘qligidan bexabarligini ta'kidlab o‘tgan.
Pompeo, shuningdek, Tramp Eronda birinchi raqamli inson hisoblanuvchi, mamlakatning diniy yetakchisi oyatulloh Ali Homanaiy bilan uchrashishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan.
BMT Bosh assambleyasi 73-sessiyasi o‘z ishini Nyu-Yorkda 24 sentabrda boshlaydi.
Mavzuga oid

21:20 / 15.08.2023
Eron prokuraturasi sobiq prezidentga nisbatan jinoiy ish ochdi

21:35 / 01.08.2021
Hasan Ruhoniy o‘z prezidentligi vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun Eron xalqidan uzr so‘radi

21:27 / 20.01.2021
Eron prezidenti Trampning siyosatchi sifatida “o‘lganini” aytdi

20:38 / 25.11.2020