Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Illyuminator yonida o‘tiring: bu reyslarda ko‘rishga arziydigan manzara bor
Ko‘pchilik sayyohlar parvozning katta qismida o‘zlarini kitob mutolaasi, filmlar tomosha qilish va uxlash bilan band qilishga harakat qilishadi. Odatda tomosha qiladigan manzara bo‘lmaydi. Bu bekor gap, chunki quyidagi reyslarda ko‘zingizni illyuminatordan ololmaysiz.
Frankfurt – Keyptaun

14 soatlik parvoz ko‘p kuch oladi. Biroq Janubiy Afrika shahrini yuqoridan turib bir qarashning o‘ziyoq uni qayta tiklaydi. Bo‘g‘oz, qal'a, tog‘, qirg‘oqbo‘yi – qo‘nishdan oldin bahramand bo‘lish zarur bo‘lgan manzara.
Dubay – Gonkong

7 soatlik parvoz osmonga bo‘y cho‘zgan hashamatli osmono‘par binolar manzaralari bilan tugallanadi. Osiyo megapolisini o‘rab turgan bo‘g‘oz va chiroyli tog‘lar ham undan qolishmaydi.
Albukerke – Las-Vegas

Bor-yo‘g‘i bir soat davomida shunaqa ko‘p go‘zal manzaraga guvoh bo‘lish mumkinki, ushbu parvoz hech qachon yodingizdan chiqmaydi. Siz nafaqat Grand-Kanonga yetib kelasiz, balki Mid ko‘li, Guver to‘g‘oni va neon chiroqlari vodiysidan zavq olasiz.
Dubay – San-Frantsisko

18 soatlik parvoz kishini holdan toydiradi deb o‘ylaysizmi? Bo‘lmagan gap! Yo‘lning boshlanishida Burj Xalifaga bir nazar tashlang – bu eng katta minora balandligi bo‘yicha dunyoda tengi yo‘q sanaladi. Keyin sizni Shimoliy qutb kutadi, qo‘nishdan biroz avval esa – Transamerika.
Gonkong – Bali

Afsus, pastdagi go‘zal manzarani har doim ham ko‘rib bo‘lmaydi. Biroq agar bunga muvaffaq bo‘lsangiz, g‘aroyib daryo va qishloqlar ko‘rinishi sizni befarq qoldirmaydi.
Moskva – Nyu-York

10 soat davomida butun Yevropa, Atlantikani tomosha qilish va Amerika timsoli bo‘lgan shaharga qo‘nish? Oson!
Mavzuga oid

10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi

15:47 / 26.03.2025
Fransiyada samolyot parvoz vaqtida yo‘qolgan telefon tufayli shoshilinch ortga qaytdi

20:42 / 18.01.2025
Farg‘onadan Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan reys kechiktirildi

09:40 / 18.01.2025