Samarqandda kollej o‘quvchisi odam o‘ldirdi

Foto: KUN.UZ
2018 yil 3 oktabr kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi Chelak transport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi B.E. Boltajarboshi qishlog‘ida joylashgan dala maydonida o‘zaro janjal sababli tanishi Bahor mahallasi Bolta-1 qishlog‘ida yashagan A.S.ning qorin va ko‘krak qismlariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada A.S. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan, B.E. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:27 / 14.06.2025
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi

11:42 / 14.06.2025
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

22:03 / 11.06.2025
Samarqand viloyatida ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

23:40 / 10.06.2025