Pentagon o‘z ma'lumotlar bazasi buzib kirilganligini xabar qildi

Foto: Military.com
Pentogan mahkama ma'lumotlar bazasining buzib kirilishi tufayli vazirlik xodimlari ma'lumotlari sizib chiqqani haqida xabar berdi. Bu haqda The New York Times Associated Press’ga asosan yozmoqda.
Agentlik manbalari so‘zlariga ko‘ra, gap mahkama xodimlarining safarlari haqidagi ma'lumotlarni buzib kirish haqida ketmoqda - bunda ham harbiy xizmatchilar, ham oddiy xodimlar qamrab olingan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, sizib chiqish taxminan 30 ming kishiga aloqador, ammo bu raqam oshishi mumkin. O‘g‘irlangan ma'lumotlarda xodimlarning kredit kartalari bo‘yicha axborotlar ham bor, deya ta'kidlaydi agentlik.
Ta'kidlanishicha, sizib chiqish bir necha oy oldin sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo u faqat yaqinda aniqlandi. Pentagon rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, buzib kirish tijoriy ta'minotchi tomonidan amalga oshirilgan. Mahkamadan ko‘rsatishlaricha, bu hodisalarning ko‘lami hozirda baholanmoqda, ammo maxfiy ma'lumotlar o‘g‘irlanmaganligi aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon AQSh mudofaa sanoatida yuzlab kamchiliklarni aniqlagandi.
Mavzuga oid

21:11 / 24.04.2025
«Demokratiyaning bo‘sh arsenali». Foreign Affairs AQSh Xitoy bilan urushga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qildi

12:03 / 22.04.2025
Oq uy mudofaa vaziri Pit Hegset o‘rniga boshqa nomzodni qidirishni boshladi – OAV

19:41 / 18.04.2025
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda

21:39 / 17.04.2025