So‘rovnoma. O‘zbekiston - Qatar o‘yinining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
O‘zbekiston va Qatar (2:0) terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini yakuniga ko‘ra, «Tribuna» saytining telegramdagi kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlandi.
Muxlislar o‘yinning eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida, Odil Ahmedov, Javohir Sidiqov, Marat Bikmayev, Otabek Shukurov va Ikrom Aliboyevdan birini tanlashi lozim edi.
10000ga yaqin muxlis ishtirok etgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, o‘yinda gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan Odil Ahmedov 60% (6 mingga yaqin) ovoz to‘plab, 1-o‘rinni egalladi.
Javohir Sidiqov 20% (2 mingga yaqin) ovoz bilan 2-o‘rinni, gollardan biriga mualliflik qilgan Marat Bikmayev 15% (1,5 mingga yaqin) ovoz bilan 3-o‘rinni egalladi.
Otabek Shukurov va Ikrom Aliboyev 3%dan ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi.
Mavzuga oid

11:42 / 21.03.2025
O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, mundial sari yana bir qadam tashlagan o‘yindan fotojamlanma

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

18:20 / 31.12.2024
Katanets Iordaniyaga qarshi Qatardagi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi

17:58 / 20.12.2024