AQShda qotil Xbox evaziga rafiqasini ko‘mgan joy qayerdaligini aytishga rozi bo‘ldi

Foto: Daniel Vasta | MLive.com
O‘z rafiqasini o‘ldirgani uchun qamoq jazosini o‘tayotgan amerikalik 8 yil o‘tib, agar unga Xbox olib berishsa, rafiqasining jasadini qayerga yashirganini aytishga rozi bo‘lgan. Bu haqda Michigan Live portali xabar berdi.
Jazoni o‘tayotgan Dug Styuart va uning rafiqasi bir joyda ulg‘ayib, 2002 yilda turmush qurishgan. Ayolning yo‘qolib qolgani haqida 2010 yil 26 aprelda ma'lum qilingan. Iyunda esa Styuart qasddan odam o‘ldirish ayblovi bilan hibsga olingan.
Joriy yilning 22 oktabridagina Styuart politsiyaga rafiqasining jasadini yashirgan joyni ko‘rsatishga rozi bo‘lgan. Turma rahbariyati Styuartga ushbu ma'lumot uchun talablarini bajarish, jumladan u o‘tirgan kamerada Xbox o‘rnatib berishga rozi bo‘lgan.
Pirovard natijada, ayolning jasadi Styuart ko‘rsatgan joyda 5 metr chuqurlikda aniqlangan.
Mavzuga oid

23:15 / 11.06.2025
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi

18:01 / 11.06.2025
Pentagon rahbari Ukrainaga yordam budjeti qisqartirilishini e’lon qildi

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

12:00 / 11.06.2025